O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-06-17 | Siyosat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda YTTBning Telekommunikatsiya, media va texnologiya sektori rahbari Derk Uyerner ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida AKT vaziri O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yo‘nalishini asosiy drayver sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, pandemiya davrida uydan turib ishlashga bo‘lgan talabning oshgani, ushbu davr mobaynida mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlashdan iborat ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga qaratilayotgan e’tibor yuqoriligini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot doirasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistonda keng polosali aloqani kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться