O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
2022-06-16 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 16-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari Bobur Abdinazarovning Markaziy Osiyo bo'yicha mamlakat dasturi koordinatori Sasha Jumena boshchiligidagi Jahon banki vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Jahon banki Guruhi bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Behzod Hamroyev, mehmonlar tomonidan Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va Jahon bankining O'zbekistondagi portfelini monitoring qilish bo'yicha bosh mutaxassisi Raximjan Assangaziyev ham ishtirok etdilar.
Uchrashuvning asosiy mavzusi mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish edi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi