O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha - ikkinchi mintaqaviy sammitida AKT vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

2022-06-16 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati Olmaota shahrida joriy yilning 16-17-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Hukumati Yevropa ittifoqi va BMTning rivojlantirish dasturining texnik ko‘magida tashkillashtirilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha - ikkinchi mintaqaviy sammitida ishtirok etmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkillashtirilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha - ikkinchi mintaqaviy sammiti doirasidagi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtirishda Davlat xizmatlarini raqamlashtirish” bo‘yicha 3-sessiyada spiker sifatida ishtirok etmoqda.

Sammit doirasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ta’siri hamda raqamli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi. Tadbirda 250 dan ortiq turli hukumat, donorlik kengashlari, biznes va fuqarolik doiralarining vakillari ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha - birinchi mintaqaviy sammiti 2021-yilning 15-16-noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan hamda “Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish” mavzusiga bag‘ishlangan edi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться