O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi AQSHga boradi
2022-06-14 | Siyosat
Joriy yilning 15-17-iyun kunlari Oliy Majlis Senati Raisi – Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻladi.
Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati xabar beradi.
AQSH Kongressi, shuningdek, toʻqimachilik uyushmalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida toʻqimachilik sohasidagi davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
AQSH ishbilarmon doiralari uchun Oʻzbekiston toʻqimachilik industriyasining savdo-investitsiyaviy salohiyati taqdimoti oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan.
Manba: «Yangi O"zbekiston»