O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonga Ozarbayjonlik ijodkorlar tashrif buyurdi

2022-06-14 | Turizm

O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi bilan hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi turizm, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida ikki mamlakatning mashhur rassom va fotograflardan iborat guruhlarini ijodiy safarlari tashkil etildi.

Tashrifning birinchi kuni Ozarbayjonlik delegatsiya aʼzolari, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, turizm salohiyati, madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar va kunning ikkinchi yarmida “Toshkent sanʼat haftaligi” yakuniy tadbirida ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik yosh va havaskor rassomlarni ijodiy ishlarini tomosha qilib, ushbu sanʼat asarlarini yuqori baholashdi. Dasturga muvofiq (dasrturdan Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashriflar o‘rin olgan), ijodiy jamoa bugundan O‘zbekistonning turizm salohiyatini Ozarbayjonliklar nigohida yoritish maqsadida tarixiy shaharlarimizga yo‘l olishdi. Tashrifga doir qo‘shimcha ma’lumotlar Vazirlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться