O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikistonga COVID-19 koronavirus infektsiyasiga qarshi 500 ming doza vaktsina etkazib beriladi

2022-06-14 | Sog‘liqni saqlash

Turkiyaning Istanbul shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulki boshqaruvi qo'mitasi raisi S. Qodirzoda bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik holati va uni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, Tojikiston delegatsiyasi rahbari Qodirzoda tomonidan ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarda so'nggi 6 yil davomida jiddiy va ijobiy o'zgarishlar yuz berayotgani ta'kidlandi.

Innovatsion rivojlanish vaziri o'zbek-xitoy olimlari hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasini Tojikiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha o'z takliflarini berdi. Vaktsina ro'yxatga olingach, o'zbek tomon hamkorlar bilan birgalikda 500 ming doza vaktsina yuborishi ko'zda tutilmoqda.

Suhbat so'ngida Tojikiston va O'zbekiston o'rtasida innovatsion ishbilarmonlik va startap loyihalari doirasida tajriba almashishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться