O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

2022-06-13 | Siyosat

2022-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Yalpi majlisda “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan.  

Ertaga soat 11:00 da o‘z ishini boshlaydigan Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi. Majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Manba: O'zA

Поделиться