O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bir million o‘zbek dasturchilari” yakuniy dasturi g‘oliblarini taqdirlandi

2022-06-10 | Texnologiyalar

2022-yil 10-iyun kuni poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shma loyihasi – “Bir million o‘zbek dasturchilari” yakuniy dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh Al-Gergavi ishtirok etdi.
 
 
“One Million Uzbek Coders” (OMUK) loyihasi aholiga dasturlash va raqamli texnologiyalar bilan ishlashga oid ko‘nikmalarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bepul onlayn platforma hisoblanadi. Platforma ma'lumotlar tahlili (Data Analysis), Android dasturlash, front-end va full-stack dasturlash kabi to‘rtta eng ommabop yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
 
Tadbir doirasida loyihani amalga oshirishda erishilgan yutuq va natijalar, axborot texnologiyalari sohasida professional rivojlanish uchun ilk qadam sifatida xizmat qilgan “One Million Uzbek Coders” bitiruvchilarining hikoyalari haqida videoroliklar namoyish etildi, shuningdek, “Eng faol hudud”, “Eng faol universitet, “Eng faol maktab”, “Eng faol o‘qituvchi”, “Eng faol talaba”, “Eng faol oila” nominasiyalari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda “One Million Uzbek Coders” dasturi bo‘yicha ta'lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning umumiy soni 2 503 060 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 1 557 977 nafari ishtirokchi sifatida, 1 175 933 nafari esa o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlik bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, loyiha ishtirokchilarning 90 foizini maktab o‘quvchilari, 47 foizini qizlar tashkil etadi. 
 
Viloyatlar kesimida portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni bo‘yicha Xorazm, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda “One Million Uzbek Coders” bitiruvchilari uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda umumiy mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi 3 ta musobaqa, ya'ni Sport dasturlash, “Open Data Challenge” va “Students Cup” chempionatlari o‘tkazildi. 
 
Qolaversa, loyihaning faol ishtirokchilari o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 6 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi onlayn tanlov o‘tkazilib, unda 12 000 kishi ishtirok etdi.
2021-yilda “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida malaka oshirish kurslarini tamomlagan umumta'lim maktablarining 100 nafar eng faol informatika fani o‘qituvchilari taqdirlandi. Ushbu musobaqa joriy yil ham tashkil etildi.
 
Bundan tashqari, “One Million Uzbek Coders” dasturi doirasida 7 ta saralash bosqichi o‘tkazilib, IT-ta'lim bo‘yicha 250 ta “Nanodegree” granti egalari aniqlandi.

Поделиться