O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XVFning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonga texnik yordam ko‘rsatish markazi vakillari bilan uchrashuv

2022-06-10 | Siyosat

Moliya vazirligida moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov va XVJning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonni texnik qo‘llab-quvvatlash markazi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda XVFning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori – Norbert Funke hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining boshqa mutasaddilari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: CTP-KTSAM XVF va uning mintaqadagi a’zo davlatlari: Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning qo‘shma markazidir.

Ushbu markaz ikki tomonlama asosda texnik yordam ko'rsatish orqali salohiyatni rivojlantirishda, a'zo davlatlarning iqtisodiy siyosat ishlab chiqaruvchilari va boshqa davlat idoralari uchun mintaqaviy seminarlar va amaliyotlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad markaz tomonidan tegishli vazirlik va idoralar xodimlari uchun tashkil etilgan onlayn o‘quv kurslari va o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan DMB islohotlarining holati, jumladan, dasturiy byudjetlashtirishni joriy etish, makro-fiskal tahlilni kuchaytirish, DSXMHSga o‘tish va yashil byudjetlashtirish elementlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ushbu dasturlar doirasida moliyaviy baholash missiyasini ishlab chiqish, ochiq byudjet indeksiga qo‘shilish, yashirin iqtisodiyot darajasini baholash, yashil iqtisodiyotni tadbiq qilishda xalqaro institutlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro hamkorlikni rivojlantirish va yuqorida qayd etilgan masalalar bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться