O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vaziri Amerika IT kompaniyalarini O‘zbekistonda mintaqaviy ofislarini ochishni taklif etdi

2022-06-10 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashib, IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekistondagi xorijiy davlatlarning elchilari, yetakchi mutaxassislari, IT kompaniyalar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilib kelinmoqda.

Hamkorlik masalalarini yanada kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda ham dastlab IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasi va “Astrum” IT akademiyasi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Unda AKT sohasining infratuzilmasi tubdan yangilanayotgani, bu esa dunyodagi katta IT kompaniyalarni jalb etib, IT Parkni yaxlit kompleks tarzda rivojlantirish, IT vakillari uchun qulay muhit yaratish maqsad qilinayotgani tushuntirildi.

Shundan so‘ng AKT vaziri Elchini IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasi bilan tanishtirdi.

Bu yerda yoshlarni yetakchi xorijiy kompaniyalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, xorijning yetakchi IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, mamlakatni mintaqaviy IT markazga aylantirish maqsad qilingani aytib o‘tildi.

Jumladan, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida IT sohalarida hamkorlik yangi bosqichga chiqayotgani, AQSH yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, shuningdek, masofaviy xizmatlar ko‘rsatish autsorsing (BPO va KPO) markazlarini tashkil etishda asosiy hamkor bo‘layotgani ta’kidlandi.

Tanishtiruv jarayonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumga Amerikaning IT kompaniyalarini O‘zbekistonda mintaqaviy ofislarini ochishni taklif etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться