O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amaliy tadqiqot tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida tadqiqotchilar va tadqiqot guruhlari taqdirlandi

2022-06-10 | Iqtisodiyot

«Agrar sohada innovatsion texnologiyalar» haftaligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi hamkorligida tashkil etilgan Amaliy tadqiqot tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida tadqiqotchilar va tadqiqot guruhlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Amaliy tadqiqot tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida agrobiznes sohasida tadqiqotchilar va tadqiqot guruhlaridan arizalar qabuli 2022-yil 25-yanvar kuni e'lon qilingan. Innnovatsion rivojlanish vazirligi tanlovga kelgan 50 yaqin arizalarni ko'rib chiqdi, ulardan 5 tadqiqot loyihasi tanlab olindi va har bir loyiha USAIDdan tadqiqot olib borish va natijalarini ilmiy jurnallarda nashr etishlari uchun 30 million so'mgacha mablag' topshirildi.

- Ilmiy tadqiqot natijalarini ilmiy jurnallarda chop etish olimlar, mamlakatimiz ilm-fani uchun juda ahamiyatli, - dedi innovatsion rivojlanish vazir o'rinbosari Shaxlo Turdikulova. - Ilm ahlini moliyaviy qo'llab-quvvatlash yo'lidagi bugungi tadbir ham buning yorqin misolidir. Qishloq xo'jaligi sohasi respublikamiz ilm-fanida eng katta mablag' ajratiladigan yo'nalishlardan biri. Shunday ekan, olimlarga tadqiqotlarni muvaffaqiyatli o'tkazib, ilg'or ilmiy jurnallarda o'z natijalarini nashr qilishlarini tilab qolaman.

Tanlov g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Toshkent davlat agrar universiteti, Namangan davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik institutlari (CAREC) hodimlaridlan iborat to'rtta tadqiqot guruhi va mustaqil tadqiqotchilardir. Tadqiqotlar yoshlarning qishloq xo'jaligida ishtirok etishi, baliq emi ishlab chiqarish, poliz ekinlarini to'g'ri saqlash va qayta ishlash kabi O'zbekistonning agrobiznes sektori duch keladigan keng ko'lamli muammolarni qamrab oldi.

- Amaliy tadqiqotlar qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar manbai hisoblanadi. Fermerlar va tadbirkorlar ilmiy tadqiqot hamjamiyatidan ko'mak olish va innovatsion echimlardan foydalanish imkoniyatiga muhtoj. USAID ilmiy-tadqiqot institutlari va mahalliy agrobiznes o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yishni qo'llab-quvvatlaydi. Bunday hamkorlik natijasida mahalliy fermerlar va agrobiznes korxonalarni raqobatbardosh bo'lishi uchun muvaffaqiyatli bo'lgan texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi,” deydi USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasining rahbari Kirk Reymer.

Mazkur tashabbus USAIDning besh yilga mo'ljallanib, O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida ilgari surilgan. Loyiha O'zbekiston qishloq xo'jaligida xususiy sektor etakchiligidagi o'sish jarayonlarini qo'llab-quvvatlab, bunga muayyan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning qiymat zanjiri bo'ylab qo'shimcha qiymat hajmini ko'paytirish imkonini beradigan texnologiyalar hamda boshqaruvning yangi amaliyotlarini joriy etish orqali erishiladi. Mazkur sa'y-harakatlar O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo'shimcha qiymat ko'rsatkichini oshirish, ayollar va yoshlarni qamrab olish, ta'lim muassasalarining faoliyatini xususiy sektor talablariga moslashtirish hamda qishloq xo'jaligi uchun qulay siyosiy qaror va chora-tadbirlarning joriy etilishiga ko'maklashishga qaratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться