O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘iston elchisi boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryoda

2022-06-09 | Iqtisodiyot

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining hamkorlik aloqalari yaxshi rivojlanib, mazkur munosabatlar yil sayin mustahkamlanib bormoqda.

2021-yilda Sirdaryo viloyatining qo‘shni Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi xajmi 136,5 mln. dollarni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Rossiya va Afg‘onistondan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Shundan, 15,9 mln. dollari eksport va 120,6 mln. dollarini import tashkil etadi. Bu esa o‘zaro ikki davlatning hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotganini bildiradi.
 
Qozog‘istonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Satibaldi Darxan Amangel'dievich Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi.
 
Delegasiya a'zolarini viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev kutib oldi.
 
Tashrif davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalari kelishib olindi. Shuningdek, delegasiya a'zolari viloyatimizdagi qator korxonalar faoliyati bilan tanishtirildi.
 
Tashrifning ilk manzili "Peng Sheng" O‘zbekiston –Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘ldi. Mehmonlar korxona negizidagi “AWP” korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.
 
Qo‘shma korxonaning ustav fondi 7,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Quvvati turli xildagi 1 mln 200 ming donadan iborat santexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ega korxonada 450 nafar fuqarolar ish bilan ta'minlangan.
 
Korxonaning asosiy faoliyati sanitar-texnika mahsulotlari uchun yuqori texnologiyalar asosida smestitellarni, yopish armaturalari(zulfin)ini ishlab chiqarish, ularga jamlamalarni ishlab chiqargan holda ichki bozor talablarini to‘laqonli qondirish va mahsulotlar eksportini ta'minlashdan iboratdir.
 
Delegasiya a'zolariga Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar hamda yirik quvvatli ishlab chiqarish korxonalari haqida ma'lumotlar berildi.
 
Sirdaryo tumanigi "SIRDARYO MEGA LUKS" qo‘shma korxonasi ham yirik ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi.
 
Korxonada polipropilendan katta sig‘imli qoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Yumshoq konteyner” deb ataluvchi bu qoplar 500 kilogrammdan 5000 kilogrammgacha yuk ko‘taradi. Ularga ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi, logistika kabi ko‘plab sohalarda talab yuqori. “SIRDARYO MEGA LUKS” yiliga 132 million dona shunday mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.
 
Yettita korpusdan iborat ulkan korxona izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yil may oyida ikki qavatli plyonka tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
 
Hozirda korxonada 2 mingdan ortiq kishi ish bilan ta'minlangan. Mazkur loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, ish o‘rinlari 5 mingga yetadi.
 
Bugungi kunda Rossiya, Isroil, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi 14 ta mamlakatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. Yangi loyihalar bilan birgalikda eksport hajmi 215 million dollarga yetishi mo‘ljallangan.  
 
Shuningdek, kelgusi besh yilda polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnopark tashkil etib, umumiy qiymati 350 million dollar bo‘lgan sakkizta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 260 million dollar investisiya jalb etilib, Germaniya, Italiya, Avstriya texnologiyasi o‘rnatiladi.
 
Tashrifning so‘nggi manzili "Wanga Da Group" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘ldi.
 
Metal maxsulotlarini qayta ishlash kompleksida metal konstruksiyalar, turli o‘lchamdagi samarezlar, xar-xil turdagi po‘lat quvirlar va titan qorishmali elektrodlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
 
Mazkur kompleksning umumiy loyixa qimati 33 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Xozirgi kunda ushbu komleksda jami 400 nafar fuqarolar ish faoliyatini olib borishmoqda.
 
Qozog‘istonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Satibaldi Darxan Amangel'dievich boshchiligidagi delegasiya a'zolari korxonalar faoliyati bilan tanishar ekan, istiqbolli loyihalarni hamkorlikda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar.

Manba: Sirdаryo vilоyati hоkimligi

Поделиться