O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2022-06-09 | Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5853-son hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida:
a) aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida 2022-yil yakuniga qadar:
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida O‘mon Sultonligining Atyab interneyshnl servis (Atyab International Service) kompaniyasini jalb etgan holda mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sifat nazorati, xalqaro tan olingan sertifikatsiya tizimlarini o‘z ichiga olgan, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar ishga tushiriladi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi muassisligida Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etiladi. Mazkur institutga xalqaro ta’lim standartlari darajasidagi xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalar) joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi yuklatiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev, A.Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarni ishga tushirish, Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiни tashkil etish, uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
b) qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida joriy yil yakuniga qadar:
xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan agrar sohada umumiy qiymati 400 million AQSH dollarigacha bo‘lgan миқdорdagi investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
har bir hududda kamida bittadan agrologistika markazlari barpo etiladi. Mazkur markazlarda xalqaro bozorlarda tan olingan sifat sertifikatlarini olish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev, Sh.Mirzayev, X.Karimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihalarni shakllantirish, tashabbuskorlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida ishga tushirish choralarini ko‘rsin;
v) sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va qishloq hududlarini rivojlantirish yo‘nalishlarida 2022-yil yakuniga qadar:
Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi mablag‘lar hisobidan Andijon viloyatining tanlab olingan Oltinko‘l, Namangan viloyatining Chust va Farg‘ona viloyatining Rishton tumanlarida innovatsion usullarni qo‘llagan holda intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha maxsus (pilot) loyihalar amalga oshiriladi;
Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazi tashkil etiladi, Turkiyaning serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish choralari ko‘riladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev, X.Karimov, A.Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar:
xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini ko‘rsin;
Samarqand viloyatida O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markaziни tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
g) yer va suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishi doirasida:
kosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlarining materiallari hamda dala kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish orqali 3 million gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlar, 400 ming gektardan ortiq ko‘p yillik daraxtzorlar va 450 ming gektardan ortiq lalmi yerlarning tizimli monitoringi yo‘lga qo‘yiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joriy yilda 1-ilovada keltirilgan prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq 133,5 ming gektardan ortiq yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi va o‘zlashtiriladi;
qishloq xo‘jaligi yerlarining geoaxborot tizimida 6 turdagi asosiy (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi, vegetatsiya davrini tahlil qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev, M.Ro‘zmetov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.Xamrayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2022-yil yakuniga qadar mazkur kichik banddagi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishiga shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin;
d) qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yo‘nalishida:
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi va 100 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan grant mablag‘lari hisobidan:
2023-yil hosili uchun mahalliy sharoitga mos serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka chidamli paxtaning 4 ta, boshoqli donning 6 ta navi amaliyotga joriy etiladi;
xususiy sektorni jalb qilgan holda, kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, sho‘rga chidamli virussiz (“in vitro”) “Super elita” va “Elita” navlariga mansub 4 million dona (yiliga) mikrotuganak yetishtiriladi;
ixtisoslashgan hududlarda kartoshka, jumladan, uning yangi navlarini yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish va yangi navlarni ishlab chiqarishga keng joriy etish choralari ko‘riladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A.To‘rayev, X.Karimov, A.Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar 2023 yil hosili uchun paxtaning 4 ta, boshoqli donning 6 ta navini amaliyotga joriy etsin, shuningdek, kartoshkaning 4 million dona (yiliga) mikrotuganaklarini yetishtirish, hududlarda kartoshka yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilsin va yangi navlarini ishlab chiqarishga keng joriy etsin;
ye) tarmoq statistikasining shaffof mexanizmini ishlab chiqish yo‘nalishida 2022-yil yakuniga qadar:
“Yagona darcha” tamoyili asosida fermer xo‘jaliklariga paxta, g‘alla va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish, sug‘urtalash, shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, texnikalarni lizingga olish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda ta’minot va xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan “Agroplatforma” (agroplatforma.uz) axborot tizimi ishga tushiriladi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ajratilayotgan 26 turdagi subsidiyalar bo‘yicha hujjatlarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishish jarayonlarini “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi;
Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni to‘g‘ri sug‘orish ishlarini masofaviy monitoring qilishning elektron modeli ishlab chiqiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev, Q.Yuldashev), Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (A.Isroilov), Suv xo‘jaligi vazirligi (A.Nazarov) mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar mazkur tizimlarni ishga tushirish orqali elektron xizmatlarni ko‘rsatishни tashkil etsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev, A.Shukurov):
a) 2022 yil yakuniga qadar Jahon bankining mablag‘lari hisobidan:
xususiy sektorni jalb etgan holda O‘zbekistonda mavjud genofonddan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlamchi urug‘chiligi va duragaylarini yaratishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston – Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markaziни tashkil etish;
Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, sho‘rga chidamli navlari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shma loyihani amalga oshirsin;
b) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi hisobidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish loyihalari uchun 20 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish choralarini ko‘rsin;
v) Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish, Toshkent davlat agrar universitetini modernizatsiya qilish uchun Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi hisobidan 17 million AQSH dollari, Yevropa Ittifoqining “Byudjetni qo‘llab-quvvatlash” dasturi mablag‘lari hisobidan 6 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A.Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2022-yil 7-iyun
Manba: O'zA