O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish davlatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir

2022-06-09 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Birlashgan millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasi Boshqaruv qo‘mitasi hamraisi Roli Astxana bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida Trast jamg‘armasining donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan birgalikda olib borilgan faoliyatining yakunlari, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasida resurslarning safarbar etilishi va manzilli loyihalarni amalga oshirishda kelgusidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va mexanizmlari muhokama qilindi.
 
Xususan, Jamg‘armaning Texnik kotibiyati tomonidan baholash natijalari sarhisob qilingani hamda Boshqaruv qo‘mitasi hamraislariga tasdiqlash va moliyalashtirish uchun aniq loyiha takliflarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgani ta'kidlandi.
 
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan uchta strategik hujjatni, jumladan, Resurslarni safarbar qilish va sheriklik strategiyasi, Kommunikasiyalar, brendlash va marketing strategiyalari hamda Monitoring olib borish va baholash bo‘yicha Yo‘riqnomani Boshqaruv qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun yuborishga qaror qilindi.
 
Ushbu masalalar Boshqaruv qo‘mitasining yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 5-yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
 
Shuningdek, Jamg‘arma Maslahat qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi ham o‘tkaziladi. Bu, o‘z navbatida, belgilangan vazifalar doirasida yuzaga kelayotgan barcha masalalarga aniq yechimlarni ishlab chiqishga imkon beradi.
 
Uchrashuv chog‘ida joriy yil kuzida O‘zbekistonda yuqori darajadagi Birinchi Orolbo‘yi xalqaro forumini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Forum kun tartibiga O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning istiqbolli yechimlari, BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasida ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasini tashkil qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini hayotga joriy etish chora-tadbirlari, shuningdek, mintaqaning barqaror rivojlanishiga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun rivojlanish bo‘yicha sheriklar bilan investisiyaviy sheriklik aloqalarini o‘rnatish mexanizmlarining muhokamasi ham kiritilgan.
 
Tomonlar tadbir konsepsiyasini hamda tashkiliy va mazmuniga doir barcha masalalarni ishlab chiqishni tezlashtirilgan tarzda yakunlashga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться