O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etadi
2022-06-07 | Siyosat
2022-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklidagi uchinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tadbir davomida tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan 2022 yil 25 yanvarda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” onlayn sammitida davlatlar rahbarlari tomonidan e’lon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish yo‘llarini, shuningdek siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
Tashrif doirasida ushbu turli davlatlar delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi