O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Koreya hamkorligini chuqurlashtirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi

2022-06-07 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Koreya hamkorligining bugungi kun tartibi, erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.
 
Eksimbank, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi (EDCF), Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi (EDPF) kabi Koreya moliya institutlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va mablag‘lari hisobidan ta'lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi qayd etildi.
 
Bugungi kunda Koreya kompaniyalari bilan birgalikda O‘zbekistonda qiymati 14 milliard dollardan ziyod 100 yaqin investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Koreya investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshdi.
 
So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda Koreya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ikki baravar ko‘paydi (1- iyun holatiga – 900).
 
Mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini faollashtirishga ham e'tibor qaratildi. So‘nggi besh yil ichida tovar aylanmasi ikki baravarga oshdi va 2021-yilda 1,8 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 51 foizga (630,4 million dollar) oshdi. Tomonlar ikki mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan maqsadlarga erishish va o‘zaro savdo hajmini 2025-yilga qadar 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Koreya Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari o‘rtasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli loyihalarni monitoring qilish, Koreyaning Taraqqiyot maqsadlarida rasmiy yordam dasturi (ODA) orqali hayotga joriy etilayotgan loyihalarni muvofiqlashtirishga qaratilgan hamkorlikning yangi mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha masalalarni ilgari surishni jadallashtirish maqsadida faol muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться