O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar
2022-06-06 | Siyosat
6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini muhim siyosiy tadbir – mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek do‘stona va amaliy ruhda o‘tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti