O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Stokgol'mdagi xalqaro forum doirasida shuningdek, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi bosh direktori Bruno Oberle bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2022-06-06 | Ekologiya

Uchrashuvda O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va biologik xilmaxillikni saqlash sohasida ilmiy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor alohida ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar:
 
- biologik xilmaxillikni saqlash sohasida ilmiy-texnik ta'minot bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
 
- O‘zbekiston Qizil kitobini xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda yangilash;
 
- Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida birgalikdagi hamkorlik ishlarini olib borish;
 
- Global ekologik jamg‘arma (GEF)ning 8-sikli doirasidagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
 
- atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться