O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatining sanoat ob'ektlari o‘rganildi

2022-06-03 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari O.Rustamov rahbarligidagi hamda mahalliy hokimliklar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Toshkent viloyatidagi qator sanoat ob'ektlari faoliyatini batafsil o‘rganib chiqdi. Jumladan, Angren shahrining “Angren Kaolin” MChJ va "O‘zbekko‘mir" OAJ misolida viloyatdagi sanoat ob'ektlarini kengaytirish va modernizasiya qilish istiqbollari o‘rganildi.

Korxonalar rahbariyati, xodimlari va ta'sischilari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Toshkent viloyati ishlab chiqaruvchilari duch keladigan xususiy va tizimli tusga ega muammolar atroflicha muhokama qilindi hamda ularni tezkor hal qilish mexanizmlarini ishlab chiqildi. Shu bilan birga, boshqa choralar qatorida asosiy urg‘u korxonalarning sanoat kooperatsiyasini kengaytirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini topishga berildi.
 
Hududiy sanoatni kompleks rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish hamda ichki va tashqi bozorga barqaror yetkazib berishni ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.
 
Angren shahrining mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga mahalliy import tarkibini har tomonlama tahlil qilish, xaridorgir tovarlarning aniq turlarini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Hududning tabiiy ustunliklari va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, istiqbolli loyiha takliflari ishlab chiqiladi. So‘ng ularni o‘rganish, takomillashtirish va amalga oshirish uchun “Loyiha guruhi”ga taqdim etish vazifasi ham qo‘yildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться