O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron raqamli imzodan foydalanishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda

2022-06-02 | Texnologiyalar

Bugungi kunda mamlkatimizda aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish, fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma'lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmloqda.

Kundalik faoliyatimiz raqamli olamga ko‘char ekan, virtual tarmoqda erkin va xavfsiz, ishonchli harakatlanish, shaxsni tasdiqlash va jarayonlarni elektron amalga oshirishda har bir kishiga elektron raqamli imzoga zarurat tug‘iladi. Yurtimizda elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlar 2003-yilda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinib kelinmoqda. Ushbu qonunga o‘tgan vaqt davomida uch marotaba o‘zgartirish kiritildi.
 
Ta'kidlash joiz, elektron raqamli imzo — elektron hujjatni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi, faylning raqamli atributi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo qo‘llash natijasida elektron hujjatlarni imzolash (qog‘oz sarfini kamaytiradi), masofadan turib davlat xizmatlaridan va davlat organlari va tashkilotlarining boshqa ma'muriy tartib-taomillardan elektron shaklda foydalanish imkoniyati yaratiladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bugungi kunda 300 dan ortiq elektron davlat xizmatlari taqdim etilmoqda. Shulardan 130 dan ortig‘i elektron raqamli imzoni talab qiladi. 2021-yilda Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlaridan masofaviy foydalanish maqsadida mazkur xizmatlar orqali 9,2 mln.ta ariza kelib tushgan. 2026-yilga borib 700 dan ortiq davlat xizmatlari Yagona portal orqali elektron shaklda taqdim etib borilishini inobatga olsak, aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga elektron raqamli imzoni olish va undan samarali foydalanish imkoniyatini yaratib berishimiz lozim bo‘ladi.
 
Prezidentimizning “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gm hamda “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari bilan elektron raqamli imzo kalitlari infratuzilmasini xalqaro talablarga moslashtirish hamda uchinchi ishonchli tomon, bulutli elektron raqamli imzo tushunchalarini amaliyotga joriy etishni, chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olish bo‘yicha qoidalarni kiritishni nazarda tutgan holda bu boradagi me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish belgilangan.
 
Shunga muvofiq, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilinib, ayni kunlarda ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.
 
Eng muhimi, qonun loyihasidagi normalar elektron o‘zaro hamkorlik ishtirokchilariga qulaylik yaratish va elektron raqamli imzodan foydalanishda yuzaga keladigan to‘siqlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, elektron raqamli imzodan foydalanish rolini kuchaytirish, jamiyatda elektron raqamli imzoning huquqiy ahamiyatini kuchaytirilishini ta'minlaydi.
 
Shuningdek, elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini qog‘oz ko‘rinishda berishni bekor qilish orqali foydalanuvchilarga elektron raqamli imzo kalitlarini berish jarayoni soddalashtiriladi va tezlashtiriladi, bu esa elektron davlat xizmatlarini taqdim etish imkoniyatlarini oshiradi.
 
Qonun loyihasiga asosan ishonchli uchinchi tomon tashkil etilishi bilan xorijiy davlatning elektron raqamli imzosi O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi. Ishonchli uchinchi tomon xizmatining yaratilishi bilan nafaqat yirik, balki o‘rta va kichik xoldagi investorlarning xam o‘z investisiyalarini himoya qilish, biznes faoliyatini kengaytirish imkonini beradi.
 
Yana bir muhim masala. Qonun loyihasi bilan bulutli elektron raqamli imzo tushunchasi joriy etilishi evaziga foydalanuvchilarga doimiy ravishida o‘zi bilan ma'lumot tashuvchi qurilmalarni (masalan, fleshka) olib yurishga zarurat qolmaydi. Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida deputatlar, ekspertlar bergan takliflar atroflicha tahlil qilinib, undagi normalar ular asosida maromiga yetkazilmoqda.
 
Xulosa qilib aytganda, qonun loyihasida belgilanayotgan normalar aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga elektron raqamli imzo kalitlarini olishda keng qulayliklar yaratishga, undan foydalanishni yanada soddalashtirish evaziga aholining kundalik hayotini yengillashtirishga, fuqarolarning sarf-harajatini kamaytirishga xizmat qiladi.
 
 
 
Baxtiyor MANIYAZOV,
 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Поделиться