O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligida Raqamli iqtisodiyot hamda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2022-05-27 | Texnologiyalar

Bugungi kunga kelib hayotimizning har bir jabhasiga raqamli texnologiyalar kirib kelmoqda. 

Shuningdek, davlat boshqaruvida va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli texnologiyalari qo‘llash jadal rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida axborot va kiberxavfsizlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Raqamli iqtisodiyot xamda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirishni muhokama qilish hamda yana-da taʼminlash maqsadida O‘zkomnazoratning Axborot texnologiyalari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Raqamli iqtisodiyot hamda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, rivojlantirish mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda maʼruzachi tomonidan Moliya vazirligi tizimida raqamli iqtisodiyot hamda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, uni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan yuklatilgan vazifalarning ijro holati hamda nis.uz idoralararo axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga O‘zkomnazorat xodimlari tomonidan javoblar, tushuntirishlar va muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться