O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-05-25 | Siyosat

2022-yilning 25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama hamda mintaqaviy bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.

Sh.Adrian O‘zbekiston bilan so‘nggi yillarda tomonlarni qiziqtirgan keng ko‘lamli sohalarda kuzatilgan aloqalar faollashganini ijobiy baholadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan qo‘shma hamkorlik institutlari samarali faoliyat yuritayotgani  qayd etildi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi doirasida raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi kabi sohalarda qoʻshma loyihalar koʻlamini kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvini Samarqand shahrida o‘tkazish va unga puxta tayyorgarlik ishlarini olib borishga tayyorligi tasdiqlandi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться