O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiyada “O‘zbekiston – islom tamadduni markazi” mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi
2022-05-25 | Siyosat
Mamlakatimizning Turkiyadagi Elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi va Turkiya Strategik tafakkur instituti bilan hamkorlikda Anqara shahrida “O‘zbekiston – islom tamadduni markazi” nomli anjuman tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilgan o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduni, diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga qo‘shgan hissasi, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida bugungi kunda mamlakatimizda ro‘y berayotgan umummilliy yuksalish haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ilm-ma’rifat maskanlari – Imom Buxoriy va Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazlarida buyuk allomalarimizning ulkan ilmiy, diniy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish bo‘yicha amalga oshirilayotgn ishlar turk afkor ommasi, xususan, Anqara shahridagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan yuksak e’tirof ila qarshi olindi.
Tadbirda ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi