O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Energetika sohasidagi ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko'rgazmasi
2022-05-25 | Innovatsiya
Innovatsion rivojlanish vazirligida energetika tarmoqlari va sohalarining ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlari ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ilmiy tadqiqot institutlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish.
Ko'rgazmada energetika vazirligi, «O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari»AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Issiqlik elektr stantsiyalari» AJ, «Hududgazta'minot» AJ, «O'zbekgidroenergo» AJ kabi korxonalarning innovatsion ishlanmalari namoyish etilmoqda.
Ko'rgazmada tarmoq vakillari o'z faoliyatlari, sohadagi muammolarni baraataraf etish bo'yicha innovatsion ishlanmalari taqdimotlarini o'tkazmoqda. Shu bilan birga ko'rgazmada energetika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari va yosh olimlar ham qatnashmoqda. Ular ham sohaga doir ilmiy ishlanmalari va loyihalarini taqdi etish imkoniyatidan foydalanishmoqda.
Ko'rgazma 27-mayga qadar davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi