O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi
Joriy yilning 24-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida Texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan tomonidan imzolandi.
Bitim Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 250 mln. yuan (37,5 mln. dollar) miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Bugungi kungacha ikki mamlakat o‘rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash, ta'lim, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi