O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek-Amerika hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2022-05-24 | Siyosat

Joriy yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donal'd Lu bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston – AQSh joriy hamkorligining kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar ikki taraflama munosabatlar va mintaqaviy sheriklik doirasida hamkorlikda erishilgan sezilarli yutuqlarni mamnuniyat bilan qayd etdilar.
 
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika yo‘nalishlaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratildi. AQSh biznesini O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirishga jalb etish hamda o‘zbek eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dastur va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda amaliy hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar mintaqada transport va logistika yo‘laklarini diversifikasiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda yirik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni faollashtirishga kelishdilar.
 
“Yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, yoshlar tadbirkorligi, to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini yuksaltirish va boshqa sohalarni rivojlantirish maqsadida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning texnik va maslahat yordamini jalb qilishni nazarda tutgan holda, Agentlik bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining istiqbolli tarmoqlarida xususiy sektor loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
 
Muzokaralar jarayonida Amerika tomoni O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish masalalarida zarur texnik va maslahat yordami ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga sodiqligini bildirdi.
 
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha masalalarni ilgari surishni jadallashtirish maqsadida faol muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться