O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

2022-05-24 | Siyosat

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning zamonaviy arxitekturasining zamirida nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki ta'lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mushtarak manfaatlar yotadi.

So‘nggi tashrifi chog‘ida AQSh Davlat kotibi yordamchisi Donal'd Lu Strategik sheriklik muloqotining Birinchi uchrashuvida delegatsiyani boshqargan edi. Siyosatshunos tomonidan mamlakatimizning keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi sa'y-harakatlari qo‘llab-quvvatlanayotgani, o‘zaro savdo salohiyatidan foydalanish va qo‘shimcha kapitalni imkon qadar tezroq jalb qilish muhimligi ta'kidlangan edi. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ochilgan AQSh investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus ofisining o‘rni ham alohida qayd etilgan edi.
 
Shuningdek, Donal'd Lu O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, inson huquqlariga hurmat va asosiy erkinliklarni himoya qilish rag‘batlantirish, shuningdek, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni olqishladi va ushbu islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha AQSh yordamining oshganligini ta'kidladi.
 
Bir qator asosiy masalalarni hal etish, aloqalarni mustahkamlash borasida qator sohalarda manfaatlar kesishadigan nuqtalarini aniqlash fonida, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotini tomonlar “ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini mustahkamlagan muhim voqea” deb atashdi.
 
AQSh Davlat kotibi yordamchisining O‘zbekistonga hozirgi tashrifining kun tartibi ham nihoyatda sermazmun. Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida raqamli iqtisodiyot, energetika va investisiyalardan tortib, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizmni rivojlantirishgacha ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться