O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–246-son qarori imzolandi

2022-05-23 | Jamiyat

Mazkur hujjatning qabul qilinishi davlat xizmatchilarini xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlarining ilmiy salohiyatini davlat dasturlariga takliflar ishlab chiqishga jalb etish hamda bu boradagi ilmiy faoliyat uchun ilmiy grantlar ajratish mexanizmlari takomillashtirilishiga xizmat qiladi.

 I. Qaror bilan quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilmoqda:

 1. Xalqaro reytinglarda muntazam past baholanib kelinayotgan me'zonlar bo‘yicha soha va tarmoqlarni rivojlantirish, mamlakatimizning ko‘rsatkichlarini oshirish uchun quyidagi mexanizmlar yaratiladi:

 a) xalqaro reyting bilan ishlash uchun mas'ul bo‘lgan ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim tashkilotlari past ko‘rsatkichli indikatorlar uchun mas'ul davlat organlariga axborot-tahliliy ma'lumotnoma kiritadi;

 b) mas'ul davlat organlari Innovasion rivojlanish vazirligiga tizimli xatoliklarni bartaraf etish uchun ilmiy grantlarga buyurtma beradi;

 v) Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov asosida ilmiy grantlar ajratadi;

 g) ilmiy loyihalar loyihaviy boshqaruvning “PMI PMBOK” – xalqaro standarti asosida ishlab chiqiladi;

 d) Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashi ishchi organlari (Moliya va Adliya vazirliklari) mas'ul davlat organlari tomonidan tayyorlangan islohot loyihalarini «2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»ning har yillik davlat dasturlariga kiritadi;

 ye) davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni mas'ul davlat organlari amalga oshiradi va Respublika kengashiga loyiha natijalari bo‘yicha axborot berib boradi.

 2. Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kurslarida mas'ul davlat xizmatchilariga xalqaro reyting va indekslarning baholash uslubiyoti, me'zon va indikatorlari, mavjud muammolar va ularning sabablari, islohot loyihalari kabi bilim va ko‘nikmalar beriladi.

 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasi tasdiqlanmoqda:

 a) muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni aniqlash va xatlovdan o‘tkazish;

 b) xalqaro reytinglarda mazkur indikatorlar bo‘yicha top mamlakatlar hamda katta suratlar bilan o‘sishga erishayotgan mamlakatlarda amalga oshirilgan islohotlarning loyihalarini o‘rganish;

 v) Xalqaro tajriba asosida past ko‘rsatkichli indikatorlar bo‘yicha tegishli soha va tarmoqlar ko‘rsatkichlarini keskin oshirish strategiyalari hamda uning tarkibiy dastur va loyihalarini ishlab chiqish;

 g) Ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni loyihalarni boshqarishning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish.

 4. Ustuvor xalqaro reytinglarda muntazam past baholanayotgan indikatorlar bo‘yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish hamda keyingi yil davlat dasturiga kiritish maqsadidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy grantlar ajratish bo‘yicha Innovasion rivojlanish vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda:

 a) har yili 1-martga qadar ilmiy va oliy ta'lim tashkilotlarning xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha ilmiy loyihalar mavzularini shakllantirish;

 b) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag‘lar haqida har chorakda Respublika kengashiga ma'lumot kiritib borish;

 II. Qaror qabul qilinishi natijasida 2026-yilga qadar:

 Xalqaro reytinglarda mamlakat o‘rinlarini yaxshilashga qaratilgan  ilmiy loyihalar PMI PMBOK xalqaro standarti asosida ishlab chiqiladi;

 Ishlab chiqilgan loyihalarning ijrosi 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan har yillik davlat dasturlari doirasida ta'minlanadi;

 loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida ilmiy grantlar ajratiladi.

 loyihalarni yaratish uchun kamida 10 ta ilmiy tadqiqot hamda 4 ta oliy ta'lim tashkilotlar jalb etiladi;

 har yili 400 nafar boshqaruv kadrlarining xalqaro reytinglarga, shuningdek, past ko‘rsatkichli indikatorli soha va tarmoqlardagi tizimli muammolarni bartaraf etishga oid bilimlari oshiriladi;

 14 ta soha va tarmoq bo‘yicha ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan sohalarni jadal rivojlantirish hamda 2030-yilgacha belgilab berilgan “Faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari” (KPI)ga erishish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться