Ozarbayjon bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vazirining maslahatchisi E.Medjidov bilan uchrashdi.
Muzokaralar kun tartibi investitsiyalar, o‘zaro savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini qamrab oldi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashining 2022-yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish masalasi yuzasidan yakdil qarorga kelindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi