O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda “Yoshlar festivali” oʻtkazildi

2022-05-22 | Yoshlar

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda “Yoshlar oyligi” boshlanishi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Jizzax viloyatidagi mahalla yoshlari ishtirokida “Yoshlar festivali” tashkil etildi.

Unda yosh harbiy xizmatchilar va mahalla yoshlari ishtirokida turli yoʻnalishlarda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda sport tadbirlari, koʻrik tanlovlar va “Zakovat” intelektual oʻyinlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida ertamiz egalari yaratilgan bunday imkoniyatlardan oʻzlarining isteʼdodi va mahoratini, bilagidagi kuchi, shijoati va gʻayratini koʻrsatish bilan birga, egallagan bilimlari va mahoratlarini ham namoyon etishdi.

Yoshlarning harbiy qismda olgan taassurotlarini mustahkamlash hamda ularning shijoati va harbiy kasb egalariga boʻlgan havaslarini oshirish uchun tadbir yakunida harbiy orkestr jamoasi va isteʼdodli yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться