O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Farg‘ona shahridagi oliy o‘quv yurtlarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
2022-05-22 | Xavfsizlik sohasi
Talaba-yoshlarini kibertahdidlardan himoyalash va ular o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha “CyberDay” (kibergigiyena kuni) targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlari (Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali) talaba-yoshlarini kibertahdidlardan himoyalash va ular o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha “CyberDay” (kibergigiyena kuni) targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda taʼlim muassasalarining 500ga yaqin talaba-yoshlari, professor o‘qituvchilari qatnashishdi. Unda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi S.B.Sadikov ishtirokchilarga Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha talaba-yoshlarga mo‘ljallangan targ‘ibot ishlarining mazmuni va mohiyatini yetkazdi.
Shundan so‘ng, IIV Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari ishtirokchilarga bugungi kunda mamlakatimizda kiberjinoyatlarni keng tarqalgan turlari (virusli hujumlar, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor etish, kibertovlamachilik, kiberfiribgarlik, kibero‘g‘rilik va boshqa.), ularning yuz berishiga sabab bo‘layotgan omillar, mazkur turdagi qonunbuzarliklardan jabr ko‘rmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan kiberxavfsizlik talablari batafsil tushuntirib berildi.
Tadbir yakunida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori A.M.Rasulov va Farg‘ona davlat universiteti prorektori A.A.O‘rinovlar mazkur yig‘ilishni juda o‘rinli, maqsadli tashkillashtirilganligini eʼtirof etib, kelgusida IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan berilgan tavsiya va takliflarni o‘zlari rahbarlik qilayotgan oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalariga yetkazishlarini maʼlum qildilar.
IIV Kiberxavfsizlik markazi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi