O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazmda “Xorazm Ideathon” g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi

2022-05-20 | Jamiyat

Xorazm viloyati yoshlari uchun “Xorazm Ideathon” g‘oyalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun yoshlar tomonidan jami 42 ta arizalar kelib tushib, ularning ichida 37 ta loyihalar saralab olindi. Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan sun’iy intellekt, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, ijtimoiy himoya va aholi bandligi yo‘nalishlari doirasida loyihalar taqdim etildi.

Tanlov natijalari bo‘yicha:

1-o‘rinni “Talabalarning amaliyoti va ishga joylashish monitoring” loyihasi egalladi. Mazkur loyiha bandlikni ta’minlash yo‘nalishiga doir bo‘lib, loyihaning maqsadi talabalar amaliyoti jarayonini nazoratga olish va amaliyot hisobotlarini elektronlashtirish, bitiruvchi talabalarning ishga joylashishi muntazam nazorat qilib boriladi.

2-o‘rin “Pattient-Centric Approach to Healthcare” loyihasi bo‘lib, u tibbiyot sohasiga tegishli va loyihaning maqsadi nogironlik guvohnomasi bor shaxslarning hujjatlarini avtomatlashtirish, order yo‘llanma olish uchun shaffof navbat olib borish.

3-o‘rin “Dehqon bot” loyihasiga topshirildi. Mazkur loyiha qishloq xo‘jaligi va bandlikni ta’minlash yo‘nalishiga tegishli bo‘lib, loyiha doirasida tomorqasi bor va dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini online tarda uyda o‘tirgan holda sotish imkoniga ega bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar – Planshet, smartfon bilan taqdirlanishdi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться