O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston DXSh investorlari seminari bo'lib o'tdi

2022-05-20 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 -2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlat-xususiy sheriklik (keyingi o'rinlarda – DXSh) asosida 14 milliard AQSh dollariga teng investitsiya jalb etish belgilangan (26-maqsad).

Mazkur investitsiyalar orqali energetika, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo'jaligi va boshqa sohalarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to'g'risida”gi PF-101-sonli Farmoni 7-ilovasi bilan Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022-2024 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning sohalar kesimida “Yo'l xaritasi” tasdiqlangan.

Mazkur infratuzilma loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlash maqsadida xalqaro va mahalliy investorlarning hamkorligi orqali O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda “Synergy Consulting” kompaniyasi ko'magida O'zbekiston Xalqaro DXSh davra suhbati doirasida “O'zbekiston DXSh investorlari seminari” o'tkazildi. Ushbu seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad-O'zbekistondagi DXSh loyihalaridan xabardor qilish (ijtimoiy infratuzilma loyihalari, jumladan, 100 ta davlat maktabi, 100 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 100 ta talabalar yotoqxonasi hamda tibbiyot muassalariga alohida e'tibor qaratish), mahalliy pudratchilarni DXSh dasturi haqida bilimlarini oshirish, kelajakdagi hamkorlik uchun mahalliy va xalqaro investorlar uchun sohaga oid tushunchalarini boyitish iborat.

Ushbu seminarda Osiyo taraqqiyot banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabi moliya institutlari, mahalliy va xalqaro investorlar, qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.

Seminar yakunida savol-javob sessiyasi tashkil etildi. O'zbekistonda DXShni rivojlantirish bo'yicha navbatdagi muhokamalar ertaga, 20-may kuni "DXSh bo'yicha davra suhbati"da ushbu sohaning asosiy ekspertlari ishtirokida bo'lib o'tadi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться