O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh joylarga chiqqan holda Toshkent viloyatining sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish hamda uni jadallashtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini o‘tkazdi.
Sanoat ishlab chiqarish ob'ektlari va korxonalariga tashrif buyurildi, ular misolida turli tarmoqlarning rivojlanish masalalari, shuningdek yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
Ishchi guruh a'zolari tadbirkorlar va eksportchilar bilan bevosita muloqot orqali ishlab chiqarish va eksport faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilib, ularni hal qilish mexanizmlarini ishlab chiqdilar. Ularni bevosita joylarda amalga oshirish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.
Hudud sanoatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ichki bozorda talab ortib borayotgan, asosan import qilinadigan mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni hayotga tatbiq etishda investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan, hududiy import tarkibini har tomonlama tahlil qilish, aniq tovar turlarini aniqlash va Toshkent viloyatida ushbu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihaviy takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, aholini infratuzilmaviy va ijtimoiy xizmatlar bilan ta'minlashdagi mavjud muammolarni inventarizatsiya qilish, ularni bartaraf qilish bo‘yicha mas'ul rahbarlar va ijro muddatlari belgilangan holda aniq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.
Hozirgi kunda ishchi guruh viloyatdagi mavjud muammolarni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi