O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari» mavzusida Respublika ilmiy-texnik konferentsiya o'tkazildi

2022-05-20 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida «Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari» mavzusida VII Respublika ilmiy-texnik konferentsiya bo'lib o'tdi.

Konferentsiya ishida O'zbekiston Respublikasining 25 dan ziyod ilmiy va ta'lim muassasalari olimlari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina va Armanistondagi 15 ga yaqin ilmiy-tadqiqot markazlari tadqiqotchilar qatnashdilar.

Konferentsiya offline va online shaklda o'tkazildi., bu o'z navbatida turli mamlakatlardan etakchi  mutaxassislarni  jalb qilish imkoniyatini berdi. O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo'riev  O'zbekistonda o'simliklar genomikasi va biotexnologiyasi rivojlanish tarixi haqida, shuningdek mazkur sohaning hozirgi holati va rivojlanish yo'nalishlari haqida so'z yuritdi. U shuningdek o'z ma'ruzasida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o'zaro aloqasini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. 

Konferentsiya genomika, proteomika, bioinformatika; inson, hayvonlar va o'simliklar  genetikasi; molekulyar biotexnologiya yo'nalishlarida o'tkazildi. Konferentsiya ishtirokchilari mazkur yo'nalishlarning rivojlanishi bilan bog'liq keng ko'lamli masalalarga aloqador ilmiy ishlar haqida so'z yuritdilar, ma'ruzalar o'qidilar. Ishtirokchilar innovatsion imkoniyatlarga ega, kelgusida ishlab chiqarishga joriy etilishi mumkin bo'lgan ishlarni ham taqdim etdilar. Ta'kidlash lozimki, tibbiyot va veterinariya bo'yicha tezislar soni o'tgan yilgiga qaraganda ko'proq bo'ldi, shuningdek xorijiy davlatlardan ishtirokchilar soni ham o'sgani qayd etildi. Bu konferentsiya mavqening oshayotgani hamda ilm-fan sohasida xalqaro munosabatlarning kuchayayotganidan dalolatdir. 

Konferentsiyada taqdim etilgan ma'ruzalar ishtirokchilar o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi, faol munozaralarga sabab bo'ldi. Yana bir muhim ijobiy jihati – konferentsiyada yosh olimlar faol ishtirok etdilar. 

Konferentsiya yakunida xulosa qilinarkan, ilmiy anjumanga taqdim etilgan innovatsion g'oyalarning aksariyati  ishlab chiqarishga joriy etilishi ehtimoli yuqori ekani aytib o'tildi. Bundan tashqari xorijiy ishtirokchilari o'zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini bildirdilar

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться