O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Jahon bankining missiyasi

2022-05-19 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamentining boshlig‘i Aleksey Xen Jahon banki delegatsiyasini Koreya Respublikasi shahar mobilligi bo‘yicha mutaxassislari bilan birga qabul qildi.

O‘zaro salomlashishdan so‘ng missiya rahbari Antonio Nun'ez ekspertlar delegatsiyasining vazifasi sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda poytaxt transportini rivojlantirishga ko‘maklashish ekanini ma'lum qildi. Bu transport harakatini yaxshilaydigan, tirbandlikni kamaytiradigan va avtomashinalarning atrof-muhitga ta'sirini kamaytiradigan yechimlarni joriy etishni anglatadi. Missiya tajriba almashishni ko‘zda tutadi - Toshkentdan tashqari, Olmaota, Bishkek va Nursultonni ham qisman qamrab oladi, demak qo‘shnilarning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Mutaxassislar shahardagi vaziyat bilan tanishishni boshladilar - ular jamoat transportida shahar bo‘ylab harakatlanib, uning transport harakatini o‘rganyaptilar.
 
Aleksey Xen mehmonlarni yaqin hamkorlikka chorladi. Rossiyalik urbanist Arkadiy Gershmanning tavsiyalarini inobatga olgan holda, Navoiy shoh ko‘chasining bir qismi yaqinda o‘zgartirilgani, avtomobil transporti jadal rivojlanayotganligi sababli vujudga kelayotgan oqibatlar haqida gapirdi va bu masalada xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikka ishonch ortib borayotganini ta'kidladi.
 
Mehmonlarga “Raqamli Toshkent” loyihasi haqida ma'lumot berildi. Unda yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha ma'lumotlar bazalari, transport mavjudligi va haftaning soatlari va kunlari bo‘yicha qatnovi haqidagi ma'lumotlar jamlangan.
 
Jahon banki ekspertlari atmosfera havosining ifloslanishi, shuningdek, hokimlik va Transport vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK va Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi haqidagi ma'lumotlarni so‘radi.
 
Mutaxassislar kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish uchun ma'lumotlar so‘rovini shakllantirishlari va shahar hokimligi ularni tezkorlik bilan taqdim etishi haqida kelishib oldilar.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться