O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SAP kompaniyasiga O'zbekistonda mintaqaviy ofisini ochish taklif etildi

2022-05-19 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov SAP kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan, ta’lim va IT-tadbirkorlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. IT Park rezidenti bo‘lgan xorijiy IT-kompaniyalarga infratuzilma va soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Xorijiy IT-mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun vizalar olishning soddalashtirilgan “IT Visa” tizimi joriy etildi.

Uchrashuv davomida kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

AKT sohasida hamkorlik qilish va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish boʻyicha fikrlar almashildi.

Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniyaga O'zbekistonda mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha takliflar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться