O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Italiyalik investorlar O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

2022-05-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov “Berlusconi Finanzaria” investitsiya jamg‘armasi Prezidenti Paolo Berluskoni hamda “Energy System” kompaniyasi prezidenti Roberto Tuchchi bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida italiyalik tadbirkorlar tomonidan O‘zbekistonda investitsiyaviy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Italiya tomoni energetika va maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, kompaniya rahbariyati O‘zbekiston hududlarida yetishtiriladigan za'faron hajmini oshirish rejalarini bildirdi. Bu, o‘z navbatida, o‘zbek fermerlarining ushbu mahsulot bilan savdo qilishda xalqaro bozorda mavqeini mustahkamlaydi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratadi.
 
Tomonlar ushbu loyihalarni hayotga joriy etishni tezlashtirish maqsadida ularni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil ko‘rib chiqdilar hamda tezkor yechimlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqdilar.
 
Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan loyihalarni ilgari surishni jadallashtirish maqsadida faol aloqalar va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться