O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida “Xalqaro muzeylar kuni”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

2022-05-18 | Madaniyat

Bugun, 18-may kuni O‘zbekistonda Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida “Xalqaro muzeylar kuni”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, vazirlik huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori Shahriyor Nurulloyev va boshqa mutasaddilar kirish so‘zi bilan ochdi.

Bugun mamlakatimizdagi barcha muzeylarning koʻrgazma maydoniga kirish uchun toʻlov bekor qilindi. Shu kuni O‘zbekiston muzeylarida o‘nlab bayram dasturlari, yangi ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonning barcha aholisi va mehmonlarini Oʻzbekiston muzeylarining tarixiy kompozitsiyalaridan bahramand boʻlishga taklif qilamiz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться