O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“CAREER CLINIC” doirasida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

2022-05-18 | Yoshlar

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan bitiruvchi talaba yoshlarni sohaga jalb qilish va vazirlik faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Yoshlar ijod saroyida" "Career clinic" doirasida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir ikki qismda o'z ishini  olib bordi. Dastavval samimiy suhbat bilan boshlangan ochiq muloqotni O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari Odilbek Isakov ochib berib, o'zining qatoriga talaba yoshlarni ham chorladi. U o'z nutqida vazirlikdagi bo'sh ish o'rinlari va vazirlikda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida to'xtalib o'tdi.

Undan so'ng ishtirokchilar e'tiboriga vazirlikda  yosh xodimlarning faoliyatini o'zida aks ettiruvchi videorolik taqdim etildi.

Shuningdek, ochiq muloqotda vazirlikda "Yoshlar-yuqori marralar" platformasi doirasida amaliyot o'tayotgan talabalar vazirlik tomonidan ular uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ham o'zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.

Ochiq tarzda tashkil etilgan muloqotda universitet va institutdan kelgan talaba yoshlar o'zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi va fikrlarini erkin tarzda bildirishdi. Muloqot davomida talabalar soliq siyosati , sug'urta bozorini yanada rivojlantirish, talabalarni rivojlangan davlatlarda o'qishlarini davlat tomonidan ta`minlanishi va inson resurslari mavzularida o'zaro bahs munozara yuritdilar.

Ochiq muloqotning yana bir qiziq tomoni talabalarning o'z istaklaridan kelib chiqib, istitutlar o'rtasida malaka almashish maqsadida hamkorlikni yo'lga qo'yish haqida ham kelishuvlar bo'ldi.

Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan tadbirda talaba yoshlar vazirlik departmentlari faoliyati va bo'sh ish o'rinlari bilan tanishishdi. Ularga bu haqida vazirlik department direktorlari va mutaxassislari batafsil ma'lumot berishdi.

Shuningdek, talaba yoshlar vazirlikning "Yoshlar-yuqori marralar" platformasiga ham a'zo bo'lishdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться