O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
JIDUda Inkubatsiya markazi ochildi – bu yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini yanada rivojlantirish imkonini beradi
2022-05-18 | Jamiyat
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi Inkubasiya markazi ochildi.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov, JIDU universitet rektori S. Safoyev, IT Park direktori hamda yetakchi OTM rektorlari, shuningdek, xususiy kompaniyalar vakillari va JIDU o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Marosimda AKT vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, raqamli texnologiyalarning faol rivojlanishi – butun dunyoda hozirgi kunda asosiy trend bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p mamlakatlar bu o‘zgarishlarning ahamiyatini tushunib, ushbu sohaga alohida e’tibor qaratmoqda: ular davlat, jamoat, ta’lim va boshqa jarayonlarni kompleks digitalizatsiyaga qaratilgan milliy raqamli rivojlanish strategiyalarini qabul qilmoqdalar.
“Bugun, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, mamlakatdagi OTMlarda iqtidorli talabalar ustoz va murabbiylar yordamida o‘z g‘oyalarini haqiqiy loyihalarga aylantira oladigan Inkubatsiya markazlari ochilmoqda. Bunday zamonaviy inkubatsiya markazlarining soni hozirgi kunda 33 ta.
Shubhasiz, bunday keng ko‘lamli ishlar yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini yanada rivojlantirish, muvaffaqiyatli avlodini shakllantirish uchun zamin yaratish imkonini berishi shubhasiz.
Startap uchun navbatdagi markazni bu yerda — Oʻzbekistonning eng nufuzli OTMʼlaridan biri — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetida ochmoqdamiz.
Ishonchim komilki, endilikda inkubatsiya markazining tajribali mentor va murabbiylari tufayli JIDU talabalari mamlakat taraqqiyoti uchun ijodiy va zarur bo‘lgan startap-loyihalarni yaratish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi va bunday “yoshlar taraqqiyoti uchun nuqtalar” esa mamlakat iqtisodiyoti, kichik biznes va umuman IT-sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov ochilish marosimidagi nutqida.
Inkubatsiya markazi, innovatsion loyihalar ustida samarali ishlash uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Davom etilayotgan inkubatsiya dasturlari 8 ta modulni oʻz ichiga oladi. Ular orasida – loyiha imkoniyatlarini o‘rganish, bozor va mahsulot tahlili, biznesni modellashtirish, marketingni ilgari surish va boshqalar kiradi.
Kelgusida Inkubatsiya markazida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, tanlovlar, seminarlar, mahorat saboqlari, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Yangi Inkubatsiya markazining ochilishi doirasida IT Park va JIDU o‘rtasida kelishuv imzolanishi, startap-loyihalar taqdimoti va yosh tadbirkorlar uchun tematik seminar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi