O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining delegatsiyasini qabul qildi
2022-05-17 | Siyosat
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasini qabul qildi.
Parlament quyi palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Ozarbayjon tarixiy, til va madaniy mushtarakliklari bilan bog‘langan qardosh O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.
Ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanish dinamikasi yuqori baholanib, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Samimiy muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni izchil rivojlantirish, parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Spiker Nuriddinjon Ismoilov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga 28 may – Ozarbayjon Mustaqilligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik maktubini topshirdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi