O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Isroil Innovatsiyalar idorasida uchrashuv o'tkazildi

2022-05-13 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Isroil Innovatsiyalar idorasiga tashrif buyurdilar. Delegatsiya a'zolari Innovatsiyalar idorasining Biznesni rivojlantirish bo'yicha menejeri Alan Xofman bilan uchrashdilar. 

Suhbat doirasida Isroilning innovatsion ekotizimini shakllantirish tarixi hamda ushbu sohada yuzaga kelingan muammolar va ularning echimlari tahlil qilindi. Shuningdek, hozirgi kundagi startaplar va katta korporatsiyalarning o'zaro munosabatlarida kuzatilayotgan tendentsiyalar muhokama qilindi. Tomonlar innovatsiyalar sohasida axborot almashish hamda startaplarni qo'llab quvvatlash sohasida hamkorlik olib borishga kelishdilar. 

Ta'kidlash joizki,  Innovatsiyalar idorasi 2016 yilda Isroil Hukumati tomonidan tashkil etilgan bo'lib, Isroilning innovatsion siyosatini olib borishga javob beradi. Shu bilan birga, innovatsion ekotizimni qo'llab-quvvatlash,  infratuzilmalarni shakllantirish, startaplar va katta innovatsion korporatsiyalar o'rtasida bog'lovchi vazifasini bajaradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться