O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada UZINFOCOM hududiy bo‘linmasi tashkil etildi

2022-05-12 | Texnologiyalar

Bugun, 12-may kuni Farg‘ona shahrida TATU Farg‘ona filiali hududida UZINFOCOMning Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy bo‘linmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-apreldagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 16 nafar mutaxassisdan iborat ikkinchi bo‘lim tashkil etildi. Ishning asosiy yo‘nalishi – raqamlashtirishni rivojlantirish va hududlarda aholining davlat xizmatlari va axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Ochilish marosimi davomida AKT vaziri UZINFOCOM xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, xodimlarning sifatli va samarali ishlashi uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish lozimligi ham ta’kidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться