O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston ishbilarmon doiralari uchun O'zbekistonning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatini taqdimoti o’tkazildi

2022-05-12 | Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida mamlakatimizning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatini taqdimoti bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasining Dehli shahridagi Elchixonasi va "Global India Business Forum" palatasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Hindiston ishbilarmon doiralarining 50 dan ortiq taniqli vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot ishtirokchilariga bugungi kunda O'zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, xususan, taqdim etilgan soliq imtiyozlari, sanoat uskunalari importiga boj bekor qilingani, mavjud erkin iqtisodiy zonalar, shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga sarmoya kiritishda beriladigan boshqa imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida Hindiston kompaniyalari ishtiroki jadallashib borayotgani qayd etildi. Ayni paytda O'zbekistonda Hindiston vakillari ishtirokida 350 ga yaqin korxona, jumladan, yuz foiz Hindiston kapitalga ega 220 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Bu, global pandemiya bilan bog'liq murakkab vaziyatga qaramasdan, ikki tomonlama savdoning barqaror o'sishini va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishni ta'minlamoqda. Xususan, 2021-yil oxirida O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10,3 foizga o’sib, 490 million AQSH dollariga yetdi. 

Tadbir qatnashchilariga O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati haqida ham axborotlar taqdim etildi. Jumladan, Hindiston tomoni buddizm tarixiy meros ob'ektlari joylashgan Surxondaryo viloyatiga maxsus ekskursiyalar tashkil etishga qiziqish bildirdi.O'zbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida Hindiston kompaniyalari ishtiroki jadallashib borayotgani qayd etildi. Ayni paytda O'zbekistonda Hindiston vakillari ishtirokida 350 ga yaqin korxona, jumladan, yuz foiz Hindiston kapitalga ega 220 ta korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Bu, global pandemiya bilan bog'liq murakkab vaziyatga qaramasdan, ikki tomonlama savdoning barqaror o'sishini va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishni ta'minlamoqda. Xususan, 2021-yil oxirida O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10,3 foizga o’sib, 490 million AQSH dollariga yetdi. 

Tadbir qatnashchilariga O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati haqida ham axborotlar taqdim etildi. Jumladan, Hindiston tomoni buddizm tarixiy meros ob'ektlari joylashgan Surxondaryo viloyatiga maxsus ekskursiyalar tashkil etishga qiziqish bildirdi. Tadbir davomida ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor "India - Uzbekistan Business and Culture Council" onlayn platformasi ishga tushirildi. Mazkur platformda "Global India Business Forum" palatasi tomonidan Hindistonning O'zbekistondagi Elchixonasi ko'magida ishlab chiqilgan bo’lib, u hindistonlik hamkorlarga O'zbekistonda biznes yuritish istiqbollari to'g'risidagi barcha zarur ma'lumotlar (loyihalar, me'yoriy-huquqiy baza va boshqalar) mavjud bo'lgan axborot markazidir.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться