O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining bo‘lajak yig‘ilishi to‘g‘risida
2022-05-11 | Siyosat
2022-yilning 12-13-may kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Tadbir doirasida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar va MDH formatidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashish, qo‘shma dasturlar ijrosini, shuningdek, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi ko‘rib chiqish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega tashrifi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi