O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Hindiston TIVlararo bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida
2022-05-10 | Siyosat
2022-yil 11-may Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 15-davrasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov rahbarlik qiladi.
Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston-Hindiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Oliy darajada avval erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, savdo, sanoat kooperatsiyasi, «yashil» taraqqiyot, innovatsion va raqamli texnologiyalar, transport-logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Hududlararo o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Maslahatlashuvlar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashiladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi