O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bokschi qizlarimiz rekord darajadagi davlatlar qatnashadigan JChga yo‘l olishdi
2022-05-07 | Sport
9-may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bugun musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz a’zolari Turkiyaga yo‘l olishdi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, bu yilgi dunyo birinchiligida ayollar boksida rekord darajada 93 ta davlatdan 419 nafar bokschi ro‘yxatdan o‘tgan. Unda yosh toifasi ham chegaralangan bo‘lib, 1981-2002-yillarda tug‘ilgan xotin-qizlar g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishadi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-48 kg: Marjona Savriyeva
-50 kg: Aziza Yoqubova
-52 kg: Tursunoy Rahimova
-54 kg: Nozima Bulturova
-57 kg: Setora Turdibekova
-60 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova
+81 kg: Mohira Abdullayeva
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Ziyaviddin Tayganbayev, To‘lqin Turg‘unov, Islom Tojiboyev, Sharif Narzikulov, Sahida Yoqubova.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bokschi qizlarimizga bo‘lajak musobaqada omad va chiroyli g‘alabalar tilab qoladi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi