O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumxalq xayriya hasharida Vazirlar Mahkamasi xodimlari ham faol ishtirok etdi

2022-04-30 | Ekologiya

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  umumxalq xayriya hasharida Vazirlar Mahkamasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F son farmoyishiga muvofiq shahar, guzar, mahallalar, xiyobonlar hamda aholi turar joylarida umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Har yili yurtimizda umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish an'anaga aylangan.
 
 
Shu munosabat bilan, malakatimiz aholisi bir yoqadan bosh chiqarib, bahamjihat bo‘lib respublika miqyosida shahar va qishloqlarda keng qamrovli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshiradilar.
 
 
Joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari Toshkent shahridagi Nurafshon va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasi yonidagi hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazib, umumxalq hashariga munosib hissa qo‘shdilar.
 
 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan hashar yo‘li bilan bunyod etilgan bog‘da Eman, Oq qayin, Majnuntol, Oleandr, Lola, Lipa, Yovvoyi olma singari 200 dan ortiq manzarali daraxtlar ekildi.
 
 
Quyida Nurafshon va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasi yonidagi hududda o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharidan fotoreportaj taqdim etiladi.
 

Поделиться