O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya va O‘zbekiston ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga intilmoqda

2022-04-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotni faollashtirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
 
Barqaror va uzoq muddatli xarakteri bilan ajralib turadigan O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi yildan-yilga kengayib borayotgani ta'kidlandi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, tenghuquqlik, bir-biri manfaatini hisobga olish va qo‘llab-quvvatlashning o‘zgarmas tamoyillari asosida qurilgan va rivojlanib bormoqda.
 
Tomonlar so‘nggi 5 yil ichida energetika, kimyo sanoati, avtomobilsozlik, ta'lim va mehmonxona biznesi sohalaridagi investitsiyaviy hamkorlik sezilarli darajada o‘sganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda alohida faollik kuzatilmoqda. Yaponiya tomoni meva-sabzavotchilik, chorvachilikni rivojlantirish, uzoq va qishloq joylarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Yaponiya kompaniyalarini sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikka jalb etish chora-tadbirlariga ham alohida e'tibor qaratildi.
 
Ikkala mamlakatning ham energetika va infratuzilmani rivojlantirish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga sodiqligi ta'kidlandi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar atmosferaga uglerod chiqindilarning chiqarilishini kamaytirish va “yashil” texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan hamkorlik doirasida navbatdagi tadbirlarni ko‘rib chiqdilar. Bu O‘zbekistonning Parij iqlim shartnomasiga muvofiq issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha olgan majburiyatiga mos keladi.
 
O‘zbekiston davlat muassasalari uchun ta'lim va malakali kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi. JDS dasturida ishtirok etayotgan Yaponiya universitetlari ro‘yxatini kengaytirish, shuningdek, o‘zbekistonlik talabalar uchun ushbu dasturda ishtirok etish kvotalarini oshirish rejalari borligi ma'lum qilindi.
 
Ma'lumot uchun: JDS (“Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha stipendiya dasturi”) - Yaponiya hukumatining davlat idoralari va tuzilmalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan grant loyihasi.
 
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqildi, shuningdek, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться